Parkentda avto poygalar uchun poligon qurilishi mumkin

YHXB va “Vatanparvar” tashkilotlari hamkorligida Parkentda “qoni qaynab turgan" haydovchilar uchun yopiq avtodrom qurilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Parkentda avtodrom qurilishi mumkin. Bu haqida Sputnik muxbiri YHXB  vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan xabar qilmoqda.

Tez haydashga ishqiboz bo‘lgan yosh haydovchilar uchun Parkent tumanida yopiq avtodrom qurish taklifini kiritganmiz. Avtodromda maxsus trassalar bo‘lib u yerad poyga uyutirish ham mumkin bo‘ladi.

Ayrim “qoni qaynab turgan bolalar” ba’zan moshinani te haydagisi keladi. O‘shalar umumiy foydalanuvchi yo‘llarda emas, yopiq trassada istasa 200 yoki 300 tezlikda haydasin", — dedi YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov.

Ayni damda bu imkoniyat o‘rganilmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirishda “Vatanparvar” tashkiloti ham jalb qilinadi. Avtopoligonda moto va velopoygalar tashkil qilish imkoni ham bo‘ladi, dedi Bozorov.