KXDR ballistik raketa uchirdi – Janubiy Koreya

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon hozircha turi aniqlanmagan raketani uchirdi. Yaponiya mudofaa vazirligi taxminiga ko‘ra, bu ballistik raketa bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon hozircha turi aniqlanmagan raketani uchirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Janubiy Koreya mudofaa vazirligi xabariga asosan.

Tramp va Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida uchrashishdi

Janubiy Koreya qurolli kuchlari jangovar shaylik holatiga keltirildi va vaziyatni kuzatib bormoqda.

Bundan avval NHK telekanali Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati kemalarni raketa uchirgani haqida ogohlantirdi.

"Shimoliy Koreya raketa uchirdi, u ballistik raketa bo‘lishi mumkin. Raketa mamlakatimiz hududiga etib bormaydi va maxsus iqtisodiy zonasidan tashqarida tushadi deb hisoblaymiz", - deb yozgan Yaponiya mudofaa vazirligi.