Qashqadaryoda 10 million tonnali neft koni topildi - video

O‘zbekiston janubida zahiralar umumiy miqdori 10 million tonna neft va 7 milliard metr kub gazga teng bo‘lgan yangi kon topildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. O‘zbekiston janubida yangi 10 million tonna zahiraga ega bo‘lgan neft-gaz kondensat koni ochildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eshonquduq konlar tuzilmasining 3-sonli qudug‘ida sanoat miqdorida uglevodorodlar oqimi olindi. Dastlabki baholshga muvofiq ushbu konda uglevodorodlar umumiy zahiralari miqdori 10 million tonna neft va 7 milliard metr kub gazga teng, - deyilgan kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Epsilon kompaniyasi O‘zbekneftgaz bilan hamkorlikda yer qatlamlarini yorish texnologiyasi orqali oldin konservatsiya qilingan konlarda neft qazib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.