Tojikiston Qozog‘istondan vertolot sotib oldi

“Somon Eyr”  aviakompaniyasi Qozog‘istondan xarid qilgan vertolotidan turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Nur-Sultonda 28-oktabr kuni Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan birinchi vertolotni xaridorga topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Forbes.kz

“Vertolot kerak bo‘lsa, Mudofaa vazirligidan olib turamiz” — FVV

Xaridor tomon – Tojikistonning “Somon Eyr”  aviakompaniyasi bo‘lib, ular ushbu transport vositasidan biznes va turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanishni rejalashtirgan.

Vertolot Qozog‘iston – Fransiya – Germaniya qo‘shma korxonasi TOO “Yevrokopter Kazaxstan injiniring” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. N125 vertoloti yuqori manyovrli, kam vibratsiyali va 5 o‘rindiqli qulay salonga ega. Vertolot atrofni kuzatish uchun keng oynalar bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, “Yevrokopter Kazaxstan injiniring” – MDH va Markaziy Osiyo hududida Airbus Helicoptersning YeS145, N125, N130 vertolotlarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va ximat ko‘rsatuvchi yagona korxonadir.