Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Tadbir davomida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari xizmat xonasida 100 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari 100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 29-oktabr kuni  Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hokimiyati qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mutaxassisi B.A. fuqaro S.M.dan F.I. nomiga issiqxona qurish uchun yer maydonini dehqon xo‘jaligi shaklida egalik qilish huquqini beradigan tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Termizda sudyaga pora taklif qilgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga tushdi

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib, shu kuni tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.S. xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan JKning 210 va 212-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

B.A. hamda M.S. protsessual tartibda ushlangan.  Tergov harakatlari olib borilmoqda.