Rossiyada xorijliklarga migratsion hujjatlarni topshirishda qulaylik yaratiladi

Yaqin yillarda Rossiyaga kelgan chet el fuqarolari migratsiya sohasidagi davlat xizmatlarini olish uchun arizani elektron shaklda topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev chet elliklarning migratsiya sohasidagi davlat xizmatlarini olish uchun ariza berishlarini osonlashtirish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqda Rossiya Vazirlar mahkamasi saytida xabar qilindi.

Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun surpriz tayyorlamoqda

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi bilan birgalikda  chet el fuqarolarining migratsiya sohasidagi davlat xizmatlarini olish uchun arizani elektron shaklda topshirishlarini ta’minlashi shart.

Agar ushbu topshiriq o‘z vaqtida bajarilsa, 2023-yil 1-dekabridan migrantlar o‘z arizalarini onlayn ravishda topshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Moskvada patent narxi ko‘tarilishi kutilmoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tashqi migratsiya to‘g‘risida qonun qabul qilinishi mumkinligi haqida xabar qilingan edik. Ushbu taklif O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan bildirilgan.