TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Rossiyada xorijiy talabalarning ishlashi uchun ruxsat berilishini nazarda tutgan qonun loyihasi yil yakuniga qadar qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko ma’lum qildi.
“Har yili Qrimda Federatsiya Kengashi shafeligida xalqaro gumanitar Livadiy forum o‘tkaziladi. Forumda muhokama qilinadigan masalalardan biri – Rossiyada xorijiy talabalarni ish bilan ta’minlash uchun yanada erkin va qulay shart-sharoitlarni yaratish”, - dedi Valentina Matviyenko.
Federatsiya Kengashi qonun loyihasini tayyorlamoqda.
Matviyenkoning so‘zlariga ko‘ra, kuzgi sessiyada loyiha kelishiladi va Rossiyada barcha xorijiy talablar, agar xohlasa, ishlashlari mumkin.
Bu qonun loyihasi xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.