O‘zbekistonda regbi sporti rivojlantiriladi – prezident qarori

O‘zbekistonda har bir olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi seksiyalari ochiladi - yangi qonun.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekistonda regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, har bir ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi seksiyalari ochiladi.

Yil oxiriga qadar Toshkentda kamondan otish sport majmuasi ochiladi

Shuningdek, Respublika bo‘yicha 4 bosqichli sport musobaqalari tashkil etiladi. Dastlab sport klub va seksiyalar orasida, keyin tuman va shahar, undan so‘ng – viloyat va respublika darjasida musobaqalar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi, va professional regbi klublari regbi sport uskunalari, inventar va maxsus professional sport anjomlarini olib kirganlik uchun 2023 yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

2020/2021 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochiladi.