XTV maktablarda kuzgi ta’til qachondan boshlanishini ma’lum qildi

O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yilining birinchi choragi o‘z yakuniga yetmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yilining birinchi choragi o‘z yakuniga yetmoqda.

O‘zbekiston maktablarida ta’til sanalari e’lon qilindi

Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzgi ta’til 2019-yilning 4-noyabridan boshlanadi.

Xabarda yozilishicha, ta’til 10-noyabr kuni yakunlanadi.

“Joriy yilning 11-noyabr kuni ikkinchi chorakning birinchi kuni boshlanadi”, - deyiladi xabarda.