Isroilning xorijiy davlatlardagi elchixonalari o‘z ish faoliyatini to‘xtatdi

Isroilning xorijiy davlatlardagi, xususan Rossiya, Qozog‘istondagi elchixonalari o‘z ish faoliyatini to‘xtatdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Isroilning xorijiy davlatlardagi elchixonalari o‘z ish faoliyatini to‘xtatdi. Xususan Moskvadagi elchixona vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda dipvakolatxona Facebookdagi sahifasida tegishli xabar yozilgan.

Isroil bosh vaziri rafiqasi samolyotda janjal ko‘tardi

Ta’kidlanishicha, elchixonaga kirish yopilgan, fuqarolarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Bu vaziyat Isroil Moliya vazirligi diplomatlarni ta’minot harajatlari qisqartirish qarori sababli yuzaga keldi, jumladan vakolatxonaning harajatlari kvitansiyalar bilan tasdiqlanmagan holatlarda ularga soliq qo‘llash tartibi joriy etildi.

Butun dunyo bo‘ylab vakolatxonalar yopildi.