TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Moldova poytaxti Kishinyovda Sharqiy Yevropa va MDHning 15 ta mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq blogerlar, ko‘ngillilar va boshqa boshqa jamoat faollari uchun “KempKemp2019” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Turli davlatlardan shuncha mashhur kishilar jamlangan tadbir – katta media bayramga aylandi, OAVda keng yoritildi deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Tadbir o‘ta maxfiy vaziyatda, manzili hech qayerda e’lon qilinmagan, shahar chekkasidagi binoda o‘tkazildi.
Tadbirning rasmiy sahifasida hech qanday telefon raqami ko‘rsatilmagan, ishtirokchilar faqat aloqa formasi orqali tadbir tashkilotchilari bilan bog‘lanishlari mumkin. Jurnalistlar akkreditatsiya uchun yuborgan anketalar javobsiz qolgan.
Qiziq, bu darajada yashirinish uchun qanday sabablar bor ekan-a? Bu mashhur blogerlarning xalqaro darajaagi uchrashuviga emas, ko‘proq revolyutsionerlarning Leninning xufiya kvartirasida to‘planishiga o‘xshaydi, - deb yozadi Sputnik Moldova.
Lekin shuncha konspiratsiya choralariga qaramasdan ularni baribir topgan Sputnik muxbirlari kelganda yashirin tadbir tashkilotchilari hayron qolishdi. “Ha bu media-tadbir lekin jurnalistlar ichkariga kiritilmaydi, chunki ayrim ishtirokchilarimiz o‘z mamlakatlarida javobgarlikka tortilishi mumkin”, - deb tushuntirgan tadbir tashkilotchilari. – Hukumatga qarshi namoyishlar uyushtirgani uchunmi?, - degan savol esa javobsiz qolgan.
Tadbir
Xullas, 15 davlatdan 300 dan ortiq blogerlar, ko‘ngillilar, instagramchilar, narrativ marketologlar va boshqa jamoat faollari 4 kun davomida Kishinyov chekkasidagi ko‘rimsiz bino ichida nima bilan shug‘ullangan?
“To‘rt kun davom etayotgan diskussiya, ijodiy eksperiment va master-klasslarda marketing, reklama va media sohasidagi faollar dunyoni yanada yaxshiroq qilish uslublarini o‘rganadi”, - deyilgan tadbir rasmiy sahifasida.
Aslida esa, Sharqiy Yevropa va MDHning bir necha davlatlaridan kelgan “professional inqilobchilar” o‘z mamlakatlarida hukumatni kuch bilan almashtirish hamda “Rossiya ta’siriga qarshi kurashish” tajribasi bilan o‘rtoqlashgan. Ana shunday tadbirlar uchun AQSh davlat budjetidan pul ajratilgan.
Tadbir tashkilotchisi - Praga fuqaro markazi (Prague Civil Society Centre, PCSC) nomli tashkilot bo‘lib u AQSh davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriladi. Markaz CAATSA (Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida qarshilik ko‘rsatish) qonuniga asosan faoliyat yuritadi.
Leksiya va seminarlar mavzulari
Quyida ushbu o‘quv-media tadbirining kun tartibiga kiritilgan ayrim mavzularni keltiramiz:
- “O‘smirlar - fuqaro tashklotlarining asosiy auditoriyasi”
- “Hazil va memlar faollik quroli sifatida”
- “Nol budjetli ko‘cha namoyishlari”
- “Tarafdorlar yollash va jamoalar tashkil qilish”
- “Markaziy Osiyo va Kavkazda kraudfanding”
- *Kraudfanding - bir necha kishi yoki tashkilotlar pul jamlab boshqa guruhlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi. Odatda internet orqali amalga oshiriladi.
- “Ijtimoiy so‘rovlar ma’lumotlaridan samarali foydalanish”
- “Hukumat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish – mahorat darsi”
- “Ijodiy fikrlashni qo‘zg‘ash uchun oddiy uslblar”
- “Huquq himoyachilari kreativ professionallar bilan uchrashuvi. Turkiya tajribasi”
Notiqlar kim ?
Nutq so‘zlagan ayrim notiqlar shaxsini yuzaki o‘rganib chiqish ham ular haqida muayan tasavvur beradi.
Moskvalik esse yozuvchi o‘zining “Qrimdagi Rossiya agressiyasi”ni tanqid qilishi bilan tanilgan - Linor Goralik.
“Ozodlik” radiosining ukraina bo‘limi jurnalisti Vlad Krilevskiy esa - Donbassdagi voqealarga qarshi, Ukrainada 30-yillarda sodir bo‘lgan ocharchilik, Feysbukdagi Rossiya trollariga qarshi maqolalari bilan mashhur.
Moldovalik Vlada Chobanu – faol bloger, tadbir tashkilotchilaridan biri, AQShning NDI — Natsional demokratik institutida 5-yil davomida ishlagan. (Dunyodagi barcha rangli inqiloblar tashkil qilishda aynan mana shu institut ishtirok etgan).
Gruziyalik bloger Shota Digmelashvili “Kanikulni barrikada ortida o‘tkazish – 100 kunlik namoyishlar” mavzusida leksiya o‘qigan.
Uzoq davom etayotgan namoyishlarda ishtirokchilar zerikib qolmasliklari uchun nima qilish kerakligini Nyu Yorkda joylashgan Center for Artistic Activism notiqlari o‘rgatishgan.
Undan so‘ng moldovalik hamma narsa “Moskva qo‘li bor” deb baqiradigan "Okkupay Gugutse" faollar guruhi so‘zga chiqib, kreativ namoyishlar o‘ylab topishni va’da berishgan.
Ishtirokchilar orasida belorussiyalik muxolifatchi jurnalist Franak Vachorka ham so‘zga chiqdi. Media sohasida u o‘zining Belorussiyani Rossiyadan mutlaq ajratish va NATOga a’zo bo‘lishni yoqlab chiqqan maqolalari bilan tanilgan. 2018-yilda Vachorka Ruminiyada “Ozodlik” radiosi bo‘limini ochishda yordam bergan.
Tadbir qaysi mamlakatlarni qamrab olgan?
Rasmiy sahifasida joylashtirilgan xaritaga muvofiq tadbir barcha Markaziy Osiyo respublikalarini ham qamrab olgan, jumladan, O‘zbekistonni ham, lekin unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik blogerlar yoki notiqlar haqida ma’lumot yo‘q.
Tadbirda qirg‘izistonlik bir necha blogerlar ham so‘zga chiqqan. Xususan, Eldana Satibaldiyeva ismli insta-bloger unga qarindoshlar tomonidan o‘tkazilayotgan bosim haqida nutq demokratiya so‘zlagan.
Ulan Useyun ismli bloger Qirg‘izistonning uzoq qishloqlarda qanday qilib namoyishlar uyushtirish mumkinligi haqida hikoya qilib bergan.
Murat Daniyar ismli bloger Qozog‘istonda tanqidiy yutub-kanal yuritish xavflari haqida hikoya qilib bergan.
Xulosa o‘rnida
CampCamp2019 – bu rangli inqiloblar va turli namoyishlar uyushtiruvchi bloger va boshqa jamoat faollari uchun inqilobchi professionallar tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi bo‘lgan.
Kelajakda ushbu tadbirda ishtirok etgan shaxslar “Yevromaydan” “atirgullar inqilobi”, “soyabonlar inqilobi” va boshqa kreativ nomlarini o‘ylab topsa;
Yoki yuzlab politsiyaga bir o‘zi qarshilik ko‘rsatayotgan qari ayol, nozik qiz, yosh bolaning ta’sirli suratlarini chop etib jamoatchilikka ta’sir o‘tkazishga urinsa;
Yo bo‘lmasa, hukumat vakillarining chiqishlariga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda hajviy fleshmob ko‘tarishga urinsa (Gruziya fleshmob xa-xa);
- hayron bo‘lmang, bularning hammasi o‘z-o‘zidan paydo bo‘layotgan kreativ g‘oya emas, mana shunday professionallar yordamida o‘tkazilgan seminarlar natijasidir.
Ularning maqsadi – jamiyatda norozilikni kuchaytirish va oxir oqibat hukumatni o‘zgartirishdir. Lekin bir necha yil davomida muvaffaqiyattli natija bergan “rangli inqilob” texnologiyalari – bugungi kunda oqsab qolgani aniq.
Masalan, Gonkongdagi mitinglar uzoq vaqt davom etayotgan bo‘lsada - natija yo‘q. Moskvada – ular harchand urinmasin hozircha hech narsaga erisha olmayapti. Gruziya va Armanistonda ham so‘nggi vaqtda erishilayotgan natijalar ko‘ngildagidek emas.
Ana shunday sharoitda revolyutsiya tashkilotchilari tomonidan mahalliy jamoat faollariga “namoyishlarni yanada qiziqroq qilish” choralari o‘rgatilayotganini tushunsa bo‘ladi. Cho‘kayotgan odam xasga ham yopishadi, deydilar-ku.