AQSh Rossiyaning “Timsoh” hujum vertolotlarini sotib olmoqchi

AQSh harbiy havo kuchlari Rossiyaning ikki dona Mi-24 hujum vertolotlarini sotib olish bo‘yicha e’lon tayyorladi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. AQSh Rossiyaning Mi-24 hujum vertolotlaridan foydalanmoqchi.  

Tojikiston Qozog‘istondan vertolot sotib oldi

AQSh Harbiy havo kuchlari Rossiyaning Mi-24 vertolotlarini dushman havo hujumiga qarshi mashqlarda foydalanish uchun sotib olmoqchi. Federal Business Opportunity davlat xaridlari saytida tegishli e’lon berildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, kamida ikki dona Mi-24 vertolot taqdim etilishi kerak. Bundan tashqari, mashinani boshqarishni o‘qitish va texnik ko‘rik uchun malakali pilot-instruktorlar topish kerak.

Buyurtmada ta’kidlanishicha, Rossiya vertolotlari o‘quv mashg‘ulotlarda dushman tahdidi va hujumi haqida aniq tasavvur xosil qilishi kerak.

AQShda 18-20 noyabr kunlari dushmanning aviatsiyasiga qarshi o‘quv mashg‘ulotlar rejalashtirilgan. Mashqlar Arizona shtatidagi “Devis-Monten” aviabazasida o‘tkaziladi.