O‘zbekistonda sevimli milliy multfilm qahramonlari yaratiladi

Matbuot anjumanida mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish va animatsion filmlarni yaratishga qo‘shimcha budjet, chet ellik mutaxassis va animatorlarni O‘zbekistonga jalb qilish masalalari ham ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekistonda milliy animatsion qahramonlarni yaratish uchun tanlov e’lon qilindi. Tanlov jamg‘armasining summasi 50 million so‘m. Ushbu taklif Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro animatsiya kuniga bag‘ishlangan ijodiy kechada e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, matbuot anjumanida sevimli multfilm qahramonlari yo‘qligi, xususiy animatsion studiyalarning faoliyati, animator va animatorlarning moddiy-texnik bazasi muammolari muhokama qilingan.

 

O‘zbekistonda sevimli milliy multfilm qahramonlari yaratiladi

Mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish va animatsion filmlarni yaratishga qo‘shimcha budjet, chet ellik mutaxassis va animatorlarni O‘zbekistonga jalb qilish masalalari ham ko‘tarildi.

Tadbir ishtirokchilari milliy animatsiyani rivojlantirish uchun “yo‘l xaritasi”ning asosini tashkil etadigan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tuzishga kelishib oldilar.

“Yo‘l xaritasi” joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan animatorlar forumida tasdiqlanadi. Ta’kidlanishicha, jamoat va xususiy tashkilotlar, shuningdek, Animatsiya studiyalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va bu san’atga qiziqqan barcha a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston animatorlari uyushmasini tashkil etish rejalashtirilgan.