TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Rossiyaning Tatariston o‘lkasi Bugulmin tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Tatar-inform” nashri.
28 oktabr kuni O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan MAN yuk avtomobili (fura) va Kamaz orasida sodir bo‘lgan yuzma-yuz to‘qnashuv oqibatida Kamaz hayovchisi halok bo‘lgan. O‘zbekistonlik haydovchi og‘ir ahvolda shifoxonaga joylashtirilgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Kamaz og‘ir metall konstruksiyalarni olib ketayotgan bo‘lgan. To‘qnashuv katta tezlikda sodir bo‘lgani tufayli ikkala avtomobil ham jiddiy shikastlangan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati YTH tafsilotlarini o‘rganmoqda.