Uzunda haydovchi “Lacetti”sida YHXB xodimini sudradi

Surxondaryo viloyatida haydovchi IIB xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmadi va uni 10 metr masofaga sudrab ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Surxondaryo viloyatida hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘rlik ishlatganlar qanday jazolanadi?

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining ma’lum qilishicha, 28-oktabr kuni 35 yoshli fuqaro O‘.I. Uzun tumani, Ulankul mahallasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB xodimi B.M.ning qonuniy talablariga bo‘ysinmagan va boshqaruvidagi “Lacetti” avtomashinasida uni 10 metr masofaga sudrab ketgan. Natijada YHXB xodimi tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘.I.ga nisbatan JK 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.