TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Alma-Otada o‘tkazilgan yig‘ilishda migratsiya politsiya organlarida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olishni bekor qilish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
“Qisqa muddatda bu anarxizmdan voz kechish kerak. Xorijiy mehmonlarga noqulaylikdan tashqari ro‘yxatga olish – bu korrupsiya manbai, bu mamlakat va Olma-ota obro‘siga salbiy ta’sir qiladi”, - dedi prezident.
Xorijiy fuqarolarining chegara nazoratidan o‘tish holati – bu migratsion ro‘yxatga olish bo‘ladi, deb qo‘yimcha qildi Tokayev.