TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Bag‘dod yaqinidagi AQSh harbiylari joylashgan “Taji” harbiy bazaga ikkita raketa tushdi. Bu haqda RIA Novosti Sky News Arabia telekanaliga asosan xabar qildi.
24 Oktabr 2019, 11:19
Tavsilotlar hali ma’lum qilinmadi.
Avvalroq, Bag‘doddagi harbiy manbalar Iroq hukumati havo hujumidan mudofaa tizimini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflarni ko‘rib chiqayotgani, ular orasida boshqa davlatlardan zamonaviy zenit-raketa tizimlarini sotib olish, shuningdek, iste’foga chiqqan zobitlar xizmatiga qaytishlari haqida xabar berishgan.
Ushbu choralar Isroil tomonidan AQSh bilan kelishilgan holda “al-Hashd ash-Shaabi” harbiy bazalariga amalga oshirilgan qator hujumlarga javoban qilingan.