Avstraliyada katta akula turistning oyog‘ini tishladi

Avstraliyada britaniyalik turistlarga katta akula xamla qildi. Hujum oqibatida sayyohlar jiddiy jarohat oldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Avstraliyaning Uitsandi orolida ikkita britaniyalik akula hujumi oqibatida jarohatlandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Timsoh va qoplon o‘rtasida o‘lja uchun shiddatli jang videosi

Uitsandida akula hujum qilgan ikki britaniyalik sayyoh haqida qutqaruvchilar Twitterdagi sahifasida xabar yozishdi.

Akula 28 yoshli erkakning oyog‘ini tishlagan, boshqa 22 yoshli turist tanasida ko‘plab boshqa jiddiy jarohat olgan.

Jabrlanganlar vertolotda shifoxonaga yetkazildi.