Alkogol mahsulotlarining narxi o‘zgaradi

Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlar narxi oshadi

Qaror bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi.

Xususan, 2019-yil 1-noyabrdan 1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx tegishlicha:

- vino – 8600 so‘m va 10200 so‘m (ilgari 8000 so‘m va 9600 so‘m);

- konyak – 31 000 so‘m va 36 600 so‘m (ilgari 29 000 so‘m va 34 600 so‘m);

- aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar – 22 000 so‘m va 26 000 so‘m (ilgari 19 400 so‘m va 23 200 so‘m) etib belgilandi.