O‘zbekistonda ko‘chirmachilikka qarshi servis tashkil etiladi

Dasturga ko‘ra, ilm-fan va ta’lim sohasida plagiatga (ko‘chirmachilik) qarshi kurashishda referatlar, maqola va dissertatsiyalar banki tashkil etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zbekistonda “Dissernet” sayti analogi va o‘zbek filmlari portali tashkil etilishi hamda “Vikipediya”da respublikada sportni rivojlantirishga oid sahifalarni joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Bunday choralar hukumat tomonidan tasdiqlangan 2022-yilgacha internetda milliy kontentni rivojlantirish dasturida izohlangan.

“Vikipediya”ga o‘zbek sportchilari haqida ma’lumotlar joylashtiriladi

Hujjat ilm-fan va ta’lim sohasida plagiatga (ko‘chirmachilik) qarshi kurashishda referatlar, maqola va dissertatsiyalar bankini tashkil etishni nazarda tutadi. 2020-yil iyuligacha ilm va ta’lim sohasida ma’lumotlarning yagona axborot resursini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Vikipediya”da O‘zbekiston sport muassasalari va taniqli sportchilari haqidagi sahifalar, Uznetda “Sport bolalar nigohida” portalining ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.

2020 yil yoziga qadar milliy filmlar portalini hamda mintaqaviy jurnal va gazetalar kanallarini mashhur internet-messenjerlarda tashkil etish rejalashtirilgan.