TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Joriy yil boshidan “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan 350 tadan ortiq neft va gaz quduqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Kompaniya xabarida qayd etilishicha, quduqlarni ta’mirlash ishlari murakkab jarayon bo‘lib, ushbu ishlar neft va gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish hamda qazib chiqarish sur’atini bir meyorda ushlab turishga yo‘naltirilgan.
180 ta quduqda neft va gaz qazib chiqarishni ko‘paytirishga hamda qazib chiqarish sur’atini bir meyorda ushlab turishga yo‘naltirilgan mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.
Neft va gaz xom ashyosini qazib chiqarishni ko‘paytirishni va qazib chiqarish sur’atini bir meyorda ushlab turishni ta’minlash maqsadida 2019-yilning oxirigacha 207 ta neft va gaz quduqlarida ta’mirlash mo‘ljallangan.