Yangi imkoniyatlar sari: Toshkentda 100 dona nogironlik aravachalari tarqatildi

“Yangi imkoniyatlar sari” loyihasi doirasida 100 dona nogironlik aravachalari beg‘araz tarqatildi va bolalar uchun teatr nomidan maxsus konsert dasturi taqdim etildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash innovatsion milliy palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Mehrli qo‘llar” Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqa teatri tomonidan hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 28-oktabr kuni “Yangi imkoniyatlar sari” loyihasi o‘tkazildi.

O‘zbekistonda nogiron haydovchilarga yana bir qulaylik yaratildi

Loyiha doirasida 100 dona nogironlik aravachalari beg‘araz tarqatildi va bolalar uchun teatr nomidan maxsus konsert dasturi taqdim etildi.

Tashkilotchi guruh imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar uchun nogironlik aravachalarini  harid qilish va ularni beg‘araz taqdim etishga bag‘ishlangan bu loyihaga  tayyorgarlik ishlarini 2019-yilning boshidan  boshlagan.

Qo‘shma hamkorlik natijasida “Xalq bank” AKB va Sog‘liqni saqlash innovatsion milliy palatasi tomonidan 100 dona nogironlik aravachalari sotib olindi.

Tashkilotchilar tomonidan ushbu hayriya loyiha bayramona tarzda tashkil etilib, imkoniyati cheklangan yoshlarga ularning yaqinlariga ko‘tarinki kayfiyat va kelajakga ishonchini oshirish maqsadida uyushtirildi.