Tojikistondagi harbiy bazaga ilk bor S-300 tizimi joylashtirildi 

Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasiga ilk bor 30 ta texnik birlikdan iborat S-300 zenit-raketa divizionini joylashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Rossiya Afg‘oniston chegarasida joylashgan harbiy bazasiga ilk bor S-300 zenit-raketa majmualarini joylashtirdi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari Markaziy Harbiy qo‘mondonlik xabariga asosan.

Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoy raketasini sinovdan o‘tkazadi

Rasmiy xabarda aytilishiga ko‘ra, Tojikistonda joylashgan 201 - Rossiya harbiy  bazasi ixtiyoriga ilk bor "S-300PS" tizimi yetkazib berildi. 30 ta texnik birlikdan iborat divizion Volgabo‘yi hududidagi Markaziy harbiy arsenaldan temir yo‘l transporti yordamida yetkazib beriladi.   

"Ayni damda Rossiya harbiy injenerlari texnikani joylashtirish uchun mos hududlarni tayyorlamoqda. Hududlar tayyor bo‘lganidan so‘ng zenit-raketa majmualari harbiy-tajribaviy  navbatchilikka kirishadi. Divizionning asosiy vazifasi etib 201-harbiy bazani havo-kosmik hujumi vositalaridan hamda Markaziy Osiyo kollektiv xavfsizlik hududini Tojikiston qo‘shinlari bilan birga havo hujumidan himoya qilish belgilanadi", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, S-300 Rossiyaning 75-200 km masofalarda turli havo hujumi vositalaridan himoya qiluvchi zenit-raketa tizimidir. PS ushbu tizimning past uchuvchi jismlarni aniqlovchi mobil radarlar bilan jihozlangan modifikatsiyasidir.