Men sizni sevaman, siz ila yashayman: Otabek Umarov romantik tabrik yozdi - foto

O‘zbekiston prezidentining kuyovi Otabek Umarov va qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifalari orqali bir-birini to‘ylarining 12-yilligi bilan tabrikladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining kuyovi Otabek Umarov va qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifalari orqali bir-birini to‘ylarining 12-yilligi bilan tabrikladi.

Men sizni sevaman, siz ila yashayman: Otabek Umarov romantik tabrik yozdi - foto

“Maftunkor kuz oylarining birida taqdirlarimizni o‘n ikki yil avval birlashtirgan bir kun bor. Shaharlar, davlatlar, ish safarlari oramizdagi masofani uzoqlashtirsa-da ko‘nglimiz doimo yaqin. Ba’zida bir-birimizni tushunmasdan xafalashib qolsak-da, o‘rtamizda iliqlik hech qachon yo‘qolmagan. Biz birgamiz. Butun bir romanga arzigulik voqealarni birga boshdan o‘tkazdik. Bu kunning eng muhim jihati - unda biz, muhabbatimiz, oramizdagi mehru sadoqatimizning borligidir. Men dunyodagi eng baxtiyor kishiman. Chunki yonimda siz Shaxnoza, borsiz. Quvonchimiz va g‘ururimiz – uchala qizimizda ham sizning husningiz aksi bor. Uyga kiriboq, tabassumingiz, farzandlarimiz shodonligidan yuragim to‘ladi. Men sizni sevaman, siz ila yashayman. Shuni aniq bilamanki, kelajakda bizni baxtli kunlar kutapti, chunki chin muhabbat kun sayin mustahkamlanib boradi", - deb yozgan Otabek Umarov.⠀

Men sizni sevaman, siz ila yashayman: Otabek Umarov romantik tabrik yozdi - foto