Invest in Tashkent Region: Toshkent viloyatida 1 mlrd AQSh dollarlik shartnomalar imzolandi

Investitsiyaviy forumning vazifasi - mintaqaning noyob salohiyatini namoyish qilish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Invest in Tashkent Region (“Toshkent viloyatiga mablag‘ sarfla”) Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Uning natijasida qiymati 1 mlrd AQSh dollar bo‘lgan shartnomalar imzolandi, xabar qiladi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Invest in Tashkent Region: Toshkent viloyatida 1 mlrd AQSh dollarlik shartnomalar imzolandi

Tadbir 40 ta mamlakatdan qariyb 300 nafar mehmonni to‘pladi. Nurafshonga hukumat delegatsiyalari, investorlar, biznes va bank sohasi, jumladan, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

Forum ochilishida so‘zga chiqqan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, investitsiyaviy iqlim yaxshilanishi ortidan respublika iqtisodiyotiga ko‘proq mablag‘ tusha boshlaganligini qayd etdi.

Eksport, investitsiya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

“Investitsiya forumi Toshkent viloyatining o‘sishida noyob salohiyatni namoyish qilishni maqsad qilib olgan. Birlamchi vazifamiz – aholisi o‘sib kelayotgan mintaqada yangi ish o‘rinlarini ochish hamda turmush tarzining yangi sifatini hosil qilishdan iborat”, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Xolmatov.

Investitsiyalar vazirligi Markaziy Bank hisobotiga izoh berdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov qayd etishicha, so‘nggi yillarda respublikada sanoat salohiyatini rivojlantirish va biznes uchun qulay sharoitlarni hosil qilishga yo‘naltirilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ilgari xabar qilinganidek, O‘zbekiston Jahon bankining Doing Business reytingida yetti pog‘onaga yuqoriga chiqib, 69-o‘rinni egalladi.