AQSh kongress deputati jinsiy janjaldan so‘ng iste’foga chiqdi

AQSh Kongress deputati Keti Xill xodimlar bilan jinsiy munosabat bog‘liq bo‘lgan ayblovlar tufayli iste’foga chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. AQSh Kongress deputati Keti Xill xodimlar bilan jinsiy munosabatda bo‘lgani haqida ayblovlar tufayli iste’foga chiqdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Politico gazetasi yozishicha, oldinroq Kongress axloq qo‘mitasi o‘z xodimi bilan nomaqbul jinsiy aloqada bo‘lganlik aybi bilan deputatga qarshi tergov boshlagan edi.

Xill o‘zi bu ayblovlarni rad etdi. Shu o‘rinda hafta boshida kongressmen ayol xodimlardan biri bilan aloqasi borligini tan oldi va "nomaqbul xatti-harakatlar" uchun uzr so‘radi.

Deputat iste’foga chiqishi haqida Twitter sahifasida tvit yozgan.