OAV: “Islom davlati” yetakchisi al-Bag‘dodiy o‘ldirildi

Taxmin qilinishicha, “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari al-Bag‘dodiy o‘lgan, ammo ushbu xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Sputnik

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. AQSh Suriyada “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti Fox News telekanali ma’lumotlariga asosolanib xabar qilmoqda.

Taxmin qilinishicha, “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari al-Bag‘dodiy o‘lgan, ammo ushbu xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan. Terrorchi o‘zini portlatib yuborgan, degan versiya ilgari surilmoqda.

“Reyter” agentligi ma’lumotlariga qaraganda, Suriyadagi manbalar Iroq razvedkasiga al-Bag‘dodiy yo‘q qilingani haqidagi xabarni tasdiqlashgan. Ta’kidlanishicha, “IShID”* yetakchisi Suriyaning Idlib shahrida tan soqchilari bilan birgalikda yo‘q qilingan. Manba terrorchi oilasini turk chegarasiga tomon olib o‘tayotgan vaqtda uni aniqlashning imkoni bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

“Islom davlati” rahbari so‘nggi besh yil ichida birinchi marta ko‘rinish berdi - video

Biroz avval AQSh prezidenti ma’muriyati Donald Tramp yakshanba kuni muhim bayonot bilan chiqish qilishini xabar qilgandi. Tramp ham tvitterdagi sahifasida “juda muhim voqea” sodir bo‘lgani haqida yozdi, lekin u nimani nazarda tutayotganiga oydinlik kiritmadi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.