O‘zbekiston maktablarida ta’til sanalari e’lon qilindi

Agar ta’tilning oxirgi kuni bayram (dam olish kuni)ga to‘g‘ri kelsa, dars keyingi ish kunidan boshlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi 2019-2020 yillarda O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarga beriladigan ta’tillar jadvalini e’lon qildi.

O‘zbekistonda bitiruvchilari OTMlarga kira olmagan maktablar attestatsiyadan o‘tkaziladi

Kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanib, 10-noyabrga qadar davom etadi. Qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi va davomiyligi 14 kalendar kunini tashkil etadi.

Bahorgi ta’tillar 21-martda boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.

Yozgi ta’til - nazorat imtihonlari tugagach boshlanadi (imtihon topshirmaydigan sinflar uchun - oxirgi o‘quv kunidan keyin) va 1-sentabrga qadar davom etadi.

Agar ta’tilning oxirgi kuni bayram (dam olish kuni)ga to‘g‘ri kelsa, dars keyingi ish kunidan boshlanadi.

Birinchi sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida 1 hafta davom etadigan qo‘shimcha ta’til kunlari taqdim etiladi.