O‘zbekistonda bitiruvchilari OTMlarga kira olmagan maktablar attestatsiyadan o‘tkaziladi

XTV rahbari Shermatovga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunga qadar umumta’lim maktablari faoliyatini baholash bo‘yicha yaxlit samarali tizim bo‘lmagan
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Toshkent shahrida "Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili" mavzusida Respublika seminari o‘tkazildi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.

Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida o‘z fikrini bildirdi

Seminarda asosiy e’tibor umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish masalasiga qaratildi. 

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunga qadar umumta’lim maktablari faoliyatini baholash bo‘yicha yaxlit samarali tizim bo‘lmaganini, attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini qog‘ozbozlikdan holi va adolatli ko‘rinishda tashkil etish lozimligini ta’kidladi.

Jumladan, kelgusida jahon tajribasidan kelib chiqib, muassasalarining bevosita o‘zini o‘zi baholashda ishtirok etishi aytib o‘tildi.

Sho‘’ba yig‘ilishlarida mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasalarini ichki va tashqi attestatsiyadan o‘tkazish tartiblari muhokama qilindi. 

Kelgusi o‘quv yilida bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga kira olmagan 2,1 mingdan ziyod ta’lim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazilishi qayd etildi.