Yaponiyada qimmatbaho olmos o‘g‘irlandi

Yaponiyaning Yokogama shahrida zargarlik buyumlar savdo-ko‘rgazmadan 1,8 million dollarlik og‘irligi 50 karat bo‘lgan olmos o‘g‘rilandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Yaponiyaning Yokogama shahrida zargarlik buyumlar savdo-ko‘rgazmadan 1,8 million dollarlik og‘irligi 50 karat bo‘lgan olmos o‘g‘irlandi. RIA Novosti Kyodo nashriga asosan xabar qildi.

Juda ham antiqa rekord: olmos bilan bezatilgan lablar

Kuni kecha ko‘rgazma ishtirokchilardan biri yopilish vaqtida zargarlik buyumi yo‘qolganini ko‘rib qoladi.  Stend oynasi ochiq holda qolgan, olmosdan tashqari boshqa zargarlik buyumlari yo‘qolmagan.  

Video kuzatuv kamera yozuvlari o‘rganib chiqilganda, ushbu stend oldida keksa kishi bir nechta ayollar bilan turgani ko‘ringan. Bu guruh o‘g‘rilikka aloqadorligini aniqlab bo‘lmadi.