Xorijiy maxsus xizmatlar katta kiberhujum tayyorlamoqda – Patrushev

Kiberhujumlarni amalga oshirish uchun xorijiy maxsus xizmatlar Rossiya axborot tizimida zaif joylarni aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Katta kiberhujumlarni amalga oshirish uchun xorijiy maxsus xizmatlar Rossiya axborot tizimida zaif joylarni aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda, deb aytdi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.

Uzcard kiber-jinoyatning yangi turi haqida ogohlantirdi

“Muhim axborot infratuzilmasi obyektlar - zararli ta’sirning asosiy nishonlari bo‘lib qolmoqda <...>, bu milliy xavfsizlika jiddiy xavf tug‘diradi”, - dedi Patrushev.

Patrushev Sibirdagi kiberxavfsizlik bo‘yicha vaziyatni tanqid qildi. Muhim obyektlar himoyasiz qolmoqda.

“Umuman olganda, zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa-da, axborot xavfsizligi talablari buzilishlari soni sezilarli bo‘lib qolmoqda. Birinchi navbatda, bu transport, aloqa va energetika kabi muhim sohalar”, - dedi u.

Xavfsizlik Kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, ushbu sohalarda, xususan, mahalliy dasturlarga o‘tish yetarli samarali amalga oshirilmayapti.