To‘y to‘ydek bo‘lsin: To‘y o‘tkazish talablarini buzganlar kattagina jarima to‘laydi

"O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 192-1-modda bilan (“To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibini buzish”) to‘ldiriladi.

To‘y va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom e’lon qilindi

Fuqarolar to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasa, ularga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (2 million 230 ming so‘m) jarima solinadi.

To‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar buzilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida (6 million 690 ming so‘m) jarima solinadi.

O‘zbekiston va Tojikistonda to‘y haqidagi qonunlar

Agar bu huquqbuzarlik jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (11 million 150 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur qonun loyihasi 07-noyabrga qadar muhokama qilinadi.