TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Samarqand viloyatida tanishini ayovsiz do‘pposlab o‘ldirgan ikki o‘qituvchi qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 24-oktabr kuni Payariq tumani, Nakurt mahallasida kasbi o‘qituvchi bo‘lgan A.S. va H.B. tanishlari 35 yoshli veterenariya bo‘limi xodimi U.S. bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli jajallashib qolishgan. Janjal vaqtida uning tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirib qo‘yishgan.
So‘ngra marhumni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tqazib, voqea joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan qotillik sodir etgan jinoyatchilarga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan (“Qasddan odam o‘ldirish”) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘qituvchi hamkasblarini ayovsiz kaltaklatgani xabar qilingan edi.