Rossiyada harbiy sakkiz nafar xizmatdoshini otib tashladi

Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida harbiy xizmatdoshlarini o‘qqa tutdi. Natijada sakkiz kishi halok bo‘ldi, ikki kishi esa yaralandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida harbiy xizmatdoshlarini o‘qqa tutdi. Natijada sakkiz kishi halok bo‘ldi, ikki kishi esa yaralandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Hodisa bugun, 25-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:20da ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, harbiy xizmatchi qorovullik almashinayotgan vaqtda qo‘lidagi xizmat quroli bilan xizmatdoshlariga qarata o‘t ochgan. Hozirda yaralanganlarning hayoti xavf ostida emas.

O‘t ochgan harbiy qo‘lga olingan. Rossiya Mudofaa vaziri bo‘lib o‘tgan hodisaga shaxsiy muammolar tufayli asabning buzilishi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilmoqda.