MDHda umumiy fuqarolikni joriy etish kerak - Zatulin

Hamdo‘stlik davlatlari aholisi o‘rtasida umumiy fuqarolikni joriy etish g‘oyasi borasida rossiyalik deputat Konstantin Zatulin mulohazasi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Ertami-kechmi MDH a’zo-mamlakatlarining milliy fuqaroligi bilan teng ravishda Hamdo‘stlik doirasida umumiy fuqarolikni ham joriy etish talab qilinadi, dedi MDH ishlari bo‘yicha RF Davlat dumasining qo‘mita raisi o‘rinbosari Konstantin Zatulin.

Parlamentariy so‘zlariga qaraganda, u bu g‘oyani avval ham bir necha marotaba ilgari surgan, javoban esa tanqidiy sharhlargagina duch kelgan. Ko‘pchilik bu tashabbusni milliy suverenitet uchun o‘ta xavfli deb tushunadi.

“Fikrimcha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining rivojlanish mantig‘i barchamizni bu qarorga da’vat etadi”, - deydi deputat.

Qayd etish joizki, Rossiya qonunchiligiga muvofiq, RF chegarasini MDH a’zo-davlatlari fuqarolari milliy pasportlarini taqdim etgan holda, vizasiz kesib o‘tishi mumkin. Reglamentga ko‘ra, Hamdo‘stlik mamlakatlari fuqarolari Rossiya hududida 90 kungacha qolishi mumkin. Muddat tugagach esa, chegarani kesib o‘tish talab qilinadi. Umumiy hisobda, yaqin xorijdan kelgan chet elliklar Federal migratsiya xizmatiga tashrif buyurmasdan yilida 180 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda Rossiya hududida bo‘lish haqqiga ega.

MDHda umumiy fuqarolikni joriy etish kerak - Zatulin