Forbes talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng boy ayollari

Sputnik

Forbes jurnali Rossiyaning eng boy ayollarining navbatdagi ro‘yxatini taqdim etdi.

Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning rafiqasi Yelena Baturina yetakchilikni qo‘ldan boy bermasdan kelmoqda. Uning boyligi 1,2 mlrd dollarga baholangan. 

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini Wildberries Wildberries kompaniyasi asocchisi Tatyana Bakalchuk egallagan. Uning boyligi ayni damda 1 mlrd dollarni tashkil qilib turibdi.

Reytingga ilk bor kiritilgan “Rossiya” bankining asosiy aksiyachisining rafiqasi Tatyana Kovalchuk 600 million dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

600 mln dollarga ega xususiy sarmoyachi va milliader Dmitriy Ribolovlevning sobiq rafiqasi Yelena Ribolovleva to‘rtinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan.

Birinchi beshlikka Olga Belyavseva yakun yasagan.  Olga Belyavsevaning asosiy kapitalini “Lebedanskiy” (sharbatlar), “Progress” (FrutoNyanya) aksiyalari tashkil etadi. Olga olma yetishtiruvchi kompaniya sohibasidir. Uning boyligi 550 mln dollarga baholangan. 

Reytingning 25 pog‘onasini mashhur tennischi Mariya Sharapova egallagan. Uning boyligi 180 mln dollarni tashkil etadi.

Ro‘yxatning asosiy qismini xususiy investitsiya bilan shug‘ullanuvchi va turmush o‘rtog‘larining kompaniya aksiyalariga egalik qiluvchi ayollar tashkil etadi. Reytingga kiritilganlarning boyligi ularga tegishli aktiv qiymatiga qarab aniqlangan. Bular kompaniya aksiyalari, ko‘chmas mulk va boshqalar.

1 / 5
Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning rafiqasi Yelena Baturina yetakchilikni qo‘ldan boy bermasdan kelmoqda. Uning boyligi 1,2 mlrd dollarga baholangan.
2 / 5
Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini Wildberries Wildberries kompaniyasi asocchisi Tatyana Bakalchuk egallagan. Uning boyligi ayni damda 1 mlrd dollarni tashkil qilib turibdi.
3 / 5
600 mln dollarga ega xususiy sarmoyachi va milliader Dmitriy Ribolovlevning sobiq rafiqasi Yelena Ribolovleva to‘rtinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan.
4 / 5
Birinchi beshlikka Olga Belyavseva yakun yasagan. Olga Belyavsevaning asosiy kapitalini “Lebedanskiy” (sharbatlar), “Progress” (FrutoNyanya) aksiyalari tashkil etadi. Olga olma yetishtiruvchi kompaniya sohibasidir. Uning boyligi 550 mln dollarga baholangan.
5 / 5