O‘zbekiston va YeOII

Yevropa ittifoqi Toshkentning YeOII va JSTga qo‘shilishida muammoni ko‘rmayapti

Brusselda O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyasi Butunjahon savdo tashkiloti qoidalariga mos keladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Rasmiy Brussel O‘zbekiston hukumatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Butunjahon savdo tashkilotiga qo‘shilish bo‘yicha bir vaqtning o‘zida muzokara olib borish istagi bilan bog‘liq muammoni ko‘rmayapti, deb aytdi Markaziy Osiyo bo‘yicha YeI maxsus vakili Piter Burian.

Ekspert O‘zbekiston va Tojikiston YeOIIga kirish imkoniyatlarini baholadi

Bundan avval AQSh savdo vazirligi o‘z saytida vazir Uilbur Rossaning bayonotini e’lon qildi. Unda aytilishicha, O‘zbekiston YeOIIga intilishi mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni qiyinlashtirishi mumkin.

Vashingtonda o‘tkazilgan amerika-o‘zbek savdo palatasi forumida Ross bu bayonotni aytdi.

Burian AQSh savdo vazirining so‘zlarini izohlarkan, “Biz buni bunday ko‘rmayapmiz. Biz Markaziy Osiyoning ko‘plab davlatlari YeOIIga a’zo bo‘lganini ko‘rapmiz”, - deb ta’kidladi.  

Burian Nukusda Orolbo‘yi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.

Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Brussel O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi masalasi JST qoidalariga mos keladi deb ishonishini aytdi.

"Biz aytamiz: umumiy qoidalarda kiritilgan integratsiya jarayonlari – ma’qul deb qaraladi", - deb qo‘shimcha qildi Burian.