O‘zbekistonda eng katta maoshlar qaysi sohada to‘lanishi aniq bo‘ldi

Eng katta o‘rtacha maosh miqdori qaysi sohalarda ekani va qaysi viloyatlarda maoshlar miqdori nisbatan baland ekani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi Respublika bo‘yicha turli sohalarda va turli viloyatlarda o‘rtacha maosh miqdorini aniqladi.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning 9 oyi davomida nominal maoshlar o‘rtacha miqdori 2 213 400 so‘mni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha 2018-yilning mos davriga nisbatan o‘sish - 31,2 %ni tashkil qilgan.

O‘rtacha maoshlar eng yuqori bo‘lgan sohalar:

  • Bank, kredit, sug‘urta v lizing sohasi – 4,3 mln. so‘m;
  • Axborot texnologiyalari – 3,9 mln. so‘m;
  • Sanoat sohasida – 3,1 mln. so‘m;
  • Yuk tashish va saqlash sohasi – 2,8 mln. so‘m;
  • Qurilish sohasi – 2,6 mln. so‘m;
  • Savdo sohasida – 2,2  mln. so‘m;
  • Ta’lim sohasida – 1,7 mln. so‘m;
  • Sog‘liqni saqlash sohasida – 1,5 mln. so‘m;

O‘rtacha maoshlar eng yuqori bo‘lgan viloyat va shaharlar:

Quyidagi diagrammada viloyat va viloyatlarda o‘rtacha oylik maosh miqdori Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatgichdan qanchalik farq qilishi ko‘rsatilgan (% hisobida).

O‘zbekistonda eng katta maoshlar qaysi sohada to‘lanishi aniq bo‘ldi