Zelenskiy orqasidan “mo‘ralayotgan” ayol hammani kuldirdi - video

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiyaga tashrif chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyu videosi paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiyaga tashrif chog‘ida bergan intervyu videosi paydo bo‘ldi. Unda prezident orqasidan mabuot xizmati xodimi burchakdan mo‘ralab, qandaydir g‘alati imo-ishoralarni qilgani aks etgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Strana.ua nashri yozishicha, tahminlarga qaraganda bu xodim Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel bo‘lgan.

11 daqiqali rolikda ayol devordan mo‘ralayotgani va qo‘lini siltayotganini ko‘rish mumkin.

Mendel, ehtimol, suhbatni tugatish zarurligi haqida jurnalistlarga tushuntirishga harakat qilgan.

Prezident xizmati xodimining xatti-harakati tarmoq foydalanuvchilarini kuldirdi. Video ostida ko‘plab hazilamuz izohlar yozildi.