Tanzila Norboyeva imperator Naruxito bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi oldidan o‘zaro qiziqish tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Yaponiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Senat raisi Tanzila Norboyeva imperator Naruxito bilan uchrashdi.

Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi tantanali marosimida Tanzila Norboyeva uni taxtga o‘tirgani bilan tabriklagan. Tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash istagini bildirganlar.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Senat raisining Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tanzila Norboyeva imperator Naruxito bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, ayniqsa, O‘zbekiston prezidentining Yaponiyaga tashrifi oldidan o‘zaro qiziqish tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tanzila Norboyeva Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi Ichiro Kavabata bilan uchrashgani xabar qilingan edi. Kavabata Yaponiyada O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va jadal islohotlar diqqat bilan kuzatilotgani va yuqori baholanayotganini ta’kidlagan edi.