Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoy raketasini sinovdan o‘tkazadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoyda ishlab chiqarilgan havo hujumidan himoya qiluvchi zenit-raketa majmuasini sinovda o‘tkazadi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 rusumli raketalarni ilk bor sinovdan o‘tkazadi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

Qashqadaryo viloyatida doimiy joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism, Navoiy viloyatidagi  “Kulquduq” poligonida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirgan. Sinov qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari rahbarligida, jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra olib boriladi.

Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoy raketasini sinovdan o‘tkazadi

FD-2000 (boshqa nomi HQ-9) - Xitoyda ishlab chiqariladigan zenit raketa majmuasi bo‘lib, u katta maydonlar havo hujumida himoya  qilsh uchun xizmat qiladi. Topwar sahifasi xabariga ko‘ra ushbu majmuada Xitoy tomonidan Rossiyadan 1993-yilda sotib olingan S-300 ZRMda qo‘llanilgan ko‘plab yechimlar qo‘llanilgan. Majmua 6-200 km masofa uzoqlikda va 0,5 – 30 km balandlikdagi nishonlarni yo‘q qila oladi. Rossiya tizimi oldida uning ustuvorligi – arzon narxi hamda kichik va yengil radionishonlash tizimidadir.

2008 yilda Turkiya ushbu tizimni sotib olishga qaror qilganda NATO bosimi ostida bitimdan voz kechishga majbur bo‘lgan edi. Bugungi kunda FD-2000 Xitoy, Aljir, Marokko, Turkmaniston va O‘zbekiston havo himoya kuchlarida qo‘llanilmoqda.