TOShKENT, 24 okt — Sputnik. UzAuto Motors rasmiy dilerlari Chevrolet Malibu sedanining yangi LTZ komplektatsiyasi uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi komplektatsiyada quyidagi qo‘shimcha qulayliklar kiritilgan:
- 9 dinamikli premium ovoz tizimi,
- uskunalar panelidagi rangli displey,
- old va orqa o‘rindiqlarni shamollatish hamda isitish tizimi,
- zaradlash uchun ikkita USB port,
- tez ko‘tariladigan old oynalar,
- svetodiodli LED yoritgichlar va boshqalar.
Avtomobillarni mijozlarga dekabr oyidan boshlab yetkazib berish boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Chevrolet Malibu - tejamkor, texnologik va xavfsiz biznes-klass sedani hisoblanadi. Avtomobil 2 xil turbo dvigatellar bilan jihozlanadi: 1,5 litr 166 ot kuchi va 2,0 litrli 253 ot kuchiga ega motorlar. Ikkala dvigatel ham 6 bosqichli avtomat uzatma qutisi bilan jihozlangan.