Xorazmda butun boshli oilaning gaz isidan vafot etishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. FVV baxtsiz hodisa sabablarini o‘rgandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Joriy yilning 22-oktabr kunidan 23-oktabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari isitish qozonining dudbo‘roni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Xorazmda butun boshli oilaning gaz isidan vafot etishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur  baxtiz hodisa sabablarini o‘rganib chiqdi.

Aniqlanishicha, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi ushbu mash’um hodisaga sabab bo‘lgan.

Xorazmda butun boshli oilaning gaz isidan vafot etishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
“Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan”, - deyiladi FVV xabarida.

FVV fuqarolardan kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qilishni so‘rab qolgan.