Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Gujarat shtati delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston va Hindiston biotexnologiyalar, to‘qimachilik, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti 22-oktabr kuni Hindiston Respublikasi Gujarat shtati bosh vaziri Vijay Rupani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonlarni samimiy qutlab, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, do‘stlik va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini aytib o‘tdi.

Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi

Vijay Rupani, o‘z navbatida, davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida biotexnologiyalar va agroklasterlar, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish, mehmonxona infratuzilmasini boshqarish kabi sohalarda va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Samarali sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasini” tez fursatda ishlab chiqishga kelishib olindi.