Samarqandlik sudyalar paxta terimida

Respublikada paxta terimi mavsumi davom etmoqda va bu jarayonda aksar hollarda qo‘l mehnati afzal ko‘riladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida viloyat, tuman va shahar ma’muriy sud sudyalari va xodimlarining 60 nafaridan ziyodi paxta terimida qatnashdi, xabar qiladi Respublika Oliy sudi.

Samarqandlik sudyalar paxta terimida

“Zafar” fermer xo‘jaligi dalasiga umumiy hisobda 65 kishi ishga chiqdi. Bir kunda ular 1,63 tonna paxta terdi.

Soliqchilar o‘z xohishi bilan paxta terishga chiqdi

Bundan bir necha hafta ilgari Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Elmira Bositxonova ham paxta terimida ishtirok etgandi. U mahalliy aholi va ishchi ayollar bilan suhbatlashib, terim yakunida ularga ramziy sovg‘alar taqdim etgan edi.

Samarqandlik sudyalar paxta terimida

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston paxtani ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning birinchi o‘ntaligiga va paxta tolasining sifati bo‘yicha birinchi beshtaligidan o‘rin egallagan. O‘zbek paxtasini eng faol Xitoy Xalq Respublikasi xarid qiladi.