Ramzan Qodirov Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi - video

Ramzan Qodirov Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi. Undan oldin Chechenistonda ko‘p sonli otliq ishtirokida ommaviy yurish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yil davomida rekordlar o‘rnatilgan marosimlarda eng ko‘p ishtirok etgani uchun Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda RIA Novosti’ga kitobning bosh muharriri Stanislav Konenko ma’lum qildi.

“Checheniston rahbari Ramzan Qodirov har xil kunlarda o‘rnatilgan rekordlarda eng ko‘p qatnashgan Rossiya hududiy rahbari sifatida rekord o‘rnatdi, u tadbirlarda 6-marta qatnashgan”, - deb tushuntirdi Konenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sertifikat seshanba kuni Moskvada ushbu kitobning 7-yilligini nishonlash marosimida Checheniston sport vaziri Musa Xanarikovga taqdim etiladi.

Bundan avval, shu yilning aprel oyi boshida Rossiya rekordlar kitobi Chechenistonda Qodirov boshchiligidagi 1,2 mingdan ortiq otliq ishtirokida ommaviy yurish  bo‘yicha jahon rekordini qayd etgandi.