Moskva metrosi modalar namoyish zaliga aylandi

Moscow Fashion Week doirasida Moskva metropoliteni bekatlarida modalar namoyishi, ko‘rgazmalar va flesh-moblar bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Moscow Fashion Week - modalar haftasi doirasida metroning yangi bekatlaridan birining ichida modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Parij moda haftaligi – eng yorqin foto-suratlar

Namoyish 22-oktabr knui bo‘lib o‘tdi. "Delovoy sentr" bekatida maxsus taklif qilingan mehmonlar va jurnalistlar uchun yopiq moda namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda "Seksiya" nomli modalar uyi dizaynerlari o‘z ijod namunalarini ko‘rsatishdi. Ushbu kolleksiya yirik megapolisda yashayotgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan. 

Tomoshabinlarga 60dan ortiq libos modellari namoyish etildi. Pianinochi va bastakor Kirill Rixter, bloger Vasiliy Akkerman va xonanda Polina Favorskayalar namoyish mehmoni bo‘lishdi.

Moskva metropolitenining yangi xizmatlar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Yuliya Temnikova aytishiga qaraganda, metro bekatlari mutlaq yangi konsepsiyali fashion-makoni  bo‘lishi mumkin.

Moda haftaligi davomida "Vorobyevi gori" bekatida taniqli kuturyelar ishlari ko‘rgazmasi, "Ploshadi revolyutsii" bekatida esa professioanl modellar ishtirokida flesh-mob bo‘lib o‘tdi.