MIB, aliment va maosh: Bosh prokuratura yangi hujjat tayyorladi

Bosh prokuratura “Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Bosh prokuratura “Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.  

MIB bo‘lim boshlig‘i: xodimlarimizga tajovuz qilganlar qat’iy jazoga tortiladi

Loyihada 2020-yil 1-fevraldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari majburiy ijro etilishi jarayoniga soddalashtirilgan ijro ishi institutini joriy etish bayon etilgan.

Loyihaga ko‘ra, ma’muriy jarimalar, soliq qarzdorliklar va jismoniy shaxslardan davlat bojini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini majburiy ravishda ijro etish soddalashtirilgan ijro tartibida, ularning ijrosi natijasiz holatida – umumiy tartibda amalga oshiriladi.

Soddalashtirilgan ijro ishi yuritishi doirasida undiruv qarzdor bilan muloqotga kirmasdan va uning yashash joyiga bormagan holda, faqatgina qarzdorning bankdagi hisob raqamlarini qidirish va undan (shu jumladan, plastik kartochkadan) qarzdorlikni so‘zsiz yechib olish orqali masofaviy amalga oshiriladi, ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik (ijro yig‘imi summasidan tashqari) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan hollarda esa, qarzdorlikni ish haqiga qaratish orqali amalga oshiriladi.

Loyihada Bosh prokuratura va Markaziy bankning aliment majburiyatlarini bo‘yicha yagona bank hisobini tashkil etish haqida taklifini qabul qilish yozilgan. Unda aliment miqdori kiritish va undirishga mo‘ljallangan har bir ijro hujjati bo‘yicha subhisoblarni ochish, shu jumladan, qarzdorlarning maoshidan ushlab qolish; aliment majburiyatlarini ijro etish va yagona bank hisobi bo‘yicha mablag‘larni monitoring qilish maqsadida yagona bank hisobvarag‘ini va MIB PORTAL axborot tizimiga integratsiya qilish.

Hujjat loyihasi 7-noyabrgacha muhokama qilish rejalashtirilgan.