TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Yekaterinburgdan Toshkentga uchishda o‘zbekistonlik ayol og‘irligi 60 kilogramm bo‘lgan “Xellouin”ga atalgan karnaval liboslar va aksessuarlarini olib chiqishga urindi, xabar qiladi Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
“Xellouin" bekor qilindi
© Uralskoe tamojennoe upravlenie
Mehmon 60 kilogrammlik yuk bilan Yekaterinburg aeroporti “yashil” zonasidan o‘tayotganida bojxonachilar tomonidan to‘xtatildi. Yukning tarkibida Xellouinga atab karnaval kostumlar, niqoblar, yasama sochu soqollar hamda o‘yinchoq bolta va pichoqlar borligi aniqlandi.
Chegaradan ayrim tovarlarni olib kirish qoidalari o‘zgaradi
Tovarlar ularning soniga ko‘ra tijorat partiyasi deb topildi va ayol bayramona kostumlarsiz qoldirildi. Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.