FSB Qrimda o‘zbekistonlik islom targ‘ibotchisini qo‘lga oldi

Qrimda Ukrainalik fundamental dinshunoslar bilan aloqada bo‘lgan o‘zbekistonlik radikal islom targ‘ibortchisi qo‘lga olindi.                                             
Sputnik

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda Ukraina bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zbekistonlik ekstremist-targ‘ibotchini qo‘lga oldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Hibsga olingan fuqaro Qrimdagi qishloqlardan birining hududida diniy targ‘ibot ishlari olib borgan. U mahalliy ekstremistik g‘oyalar bilan aholini radikal islom tomon og‘dirishga va uning fikriga qrashi bo‘lganlarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga undagan.Uning turar joyidan Rossiyada ta’qiqlangan ekstremistik adabiyotlar topilgan.

Tergov jarayonida ayblanuvchi Rossiya huquqni saqlash organlari bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. Ayblanuvchi, shuningdek, o‘zining Qrim salafitlari bilan bog‘liq ekanligini va ayni damda Ukrainada yashayotgan fundamental dinshunos Abu Yaxyo Qrimlik bilan bog‘liq ekanini aytgan. Sud uning aybiga iqror bo‘lganini hisobga olib, jinoyatchiga 100 ming jarima to‘lashga hukm qilgan.